Bundan ikki oy avval «Fast and Easy» o‘quv markazi IELTS o‘rgatish uchun o‘zining maxsus uslubini ishlab chiqqani va unda ilk darslar boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Unga ko‘ra, bu uslub o‘quv markazi tomonidan ishlab chiqilgan va o‘xshashi yo‘qligi aniq. Unda kengaytirilgan tartibda — haftada 6 kun, kuniga 2 soatdan, 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan o‘ta intensiv IELTS kurslarini o‘qish kerak.

«Ushbu IELTS kursi haqida batafsil bu yerda tanishing

Hozirda esa ushbu uslub asosida o‘qigan talabalarning ilk guruhi IELTS bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirib olishdi. Jami 8 nafar talaba 2 oy davomida o‘qib, allaqachon IELTS topshirishga ulgurishdi va barchada erishilayotgan natijarlar kafolatlanganidek — IELTS tizimida 7 balldan yuqori.

Bunday natija qayd etgan talabalarning kurs va jarayon haqidagi fikrlari bilan quyida tanishing: 

Jonibek O‘lmasov: Men ushbu kunda Toshkent Moliya Instituti talabasiman. Ingliz tilining IELTS tizimida qisqa vaqtda yuqori ballga ega bo‘lish men uchun muhim bo‘lganligi sababli «Fast and Easy» o‘quv markazini tanladim. Markaz tomonidan tashkil qilingan 2 oylik o‘ta intensiv va yangicha yondashuv asosida tashkil qilingan kurslarda o‘qib, dekabr oyida 7 ball olishga erishdim. Albatta, bu yuqori natija, lekin yana qayta topshirib, 8 ball olish esa yangi maqsadim. Markazga rahmat.

Baratov Asliddin: Men «Fast and Easy» o‘quv markaziga kelmasimdan oldin IELTS haqida hech qanday tasavvurga ega emasdim va ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishim haqida taxmin qilgandim. Mukammal o‘quv tizimi tufayli hech qanday qiyinchiliklarsiz juda tez fursatda ingliz tili hamda IELTS bo‘yicha juda mustahkam bilim oldim. Natija esa ko‘ngildagidek, ya’ni 7,5 ball!!!