19:20 / 10.01.2017
6802

Ford kompaniyasi ba'zi modellarini bozorga qaytarmoqchi

Foto: motor.ru

Ford kompaniyasi Bronco modelini qayta yaratish rejasini rasman tasdiqladi. Yo‘ltanlamasning yangi avlodi AQShlik dilerlarda 2020 yilda paydo bo‘ladi. Bu haqda Detroytdagi matbuot-anjumanda kompaniya rahbari Mark Filds ma'lum qildi. 

Asl Ford Bronco modeli 1966 yilda taqdim qilingan. Model 1996 yilgacha ishlab chiqarilgan. So‘ngra uning o‘rniga katta o‘lchamli Expedition yo‘ltanlamasi kelgan va u hanuzgacha sotiladi.

Kompaniya "Bronko"dan tashqari bozorga Ranger pikapini qaytarmoqchi. U sal oldinroq, ya'ni 2019 yilda paydo bo‘ladi.

Avvalroq Ford yangi rivojlanish strategiyasini e'lon qilgandi, uning doirasida yaqin 5 yil ichida elektr va gibrid kuch qurilmalariga ega 13 ta avtomobil chiqariladi. Bu mashinalar qatoridan Mustang sportkari va F-150 pikap o‘rin oladi. Kompaniya bu rejani amalga oshirish uchun umumiy hisobda 4,5 mlrd dollar sarflaydi.

Mavzuga oid
Top