Britaniyalik harbiy jurnalist, Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Kler Hollinguort 105 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda "Bi-Bi-Si" xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, u o‘zi 60 yildan buyon istiqomat qilib kelgan Hongkongda vafot etgan.
Hollinguort xonim 1939 yilning sentabrida Polshadan Germaniyaga ketayotganida nemis qo‘shinlari chegarani buzib o‘tayotganiga guvoh bo‘lib qolgandi. U darhol o‘z ko‘rganlari haqida xabar tarqatgan.
O‘zining jurnalistik faoliyati davomida u Vetnam, Jazoir, Hindiston, Pokiston va Yaqin Sharqda ishlagan, shuningdek, Xitoydagi madaniy inqilob voqealarini yoritgan.