09:33 / 10.01.2017
12894

Oq uy Tramp va Putin uchrashuvi masalasiga oydinlik kiritdi

Foto: AFP

Oq uy vakili Josh Ernest AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp lavozimini bajarishga kirishgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish haqida o‘zi qaror qabul qilishini aytdi.

"Prezident Obama Putin bilan bir necha marotaba uchrashgan. AQSh prezidenti Rossiya prezidenti bilan uchrashishi oddiy holdir", deb aytgan Ernest jurnalistlar bilan matbuot-anjumanida "AQSh yangi ma'muriyatining Rossiya yetakchisi bilan uchrashuvlari Obamani xavotirlantirmaydimi?" degan savolga javoban.

Avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv Tramp o‘z lavozimiga o‘tirmaguncha bo‘lmasligini aytgandi.

Trampning inauguratsiya marosimida Rossiyadan rus elchisi Sergey Kislyak ishtirok etadi.

 

Top