Sport | 11:44 / 10.01.2017
28732
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu va Messi yilning yaxshi futbolchisi deb kimni ko‘rsatgani ma'lum bo‘ldi

«Real» futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi sardori sifatida yilning eng yaxshi o‘yinchisiga o‘z ovozini berdi. Krishtianu tomonidan belgilangan uchlikka Madrid klubi bo‘yicha jamoadoshlari kirdi: u birinchi o‘ringa Garet Beylni, ikkinchi pog‘onaga — Luka Modrichni, uchinchi o‘ringa esa — Serxio Ramosni qo‘ygan.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi ham o‘z ovozlarini jamoadoshlari uchun bergan. FIFA rasmiy sayti ma'lumotiga ko‘ra, u jahonning eng yaxshi futbolchisi deb Luis Suaresni tan olgan, ikkinchi o‘ringa Neymarni loyiq topgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani — Andres Inestaga bergan.

Mavzuga oid