Sport | 12:52 / 10.01.2017
80169
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik MMA jangchisi raqibiga salomlashish vaqtida zarba berib, nokaut qildi

Rossiyalik aralash janglar san'ati (MMA) vakili Ibragim Xalilov o‘zbekistonlik Baxtiyor Baratovni Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan WBK 22 turniri doirasidagi jangning 3-soniyasidayoq nokautga uchratdi.

Bu hol jang startidagi qo‘l urishtirish lahzasidayoq amalga oshgan. Jangchilar bir-biri bilan qo‘lqop urishtirgan va shu onning o‘zidayoq Ibragim Xalilov kutilmagan zarba yo‘llagan. O‘zbekistonlik jangchi og‘ir nokaut qabul qilib olgach, ringda shifokorlar paydo bo‘lgan.

Ma'lum bo‘lishicha, rossiyalik sportchi MMA qoidalariga zid harakat qilmagan. Uning kutilmagan zarbasi qoidalar asosida berilgan. Shu boisdan ham Ibragim Xalilovga g‘alaba yozilgan. O‘zbekistonlik sportchi vakillari tomonidan bildirilgan e'tiroz esa qabul qilinmagan.

Keyinroq Baratov aslida Tojikiston fuqarosi. U 2013 yilda MMA bo‘yicha Tojikiston chempioni bo‘lgan va hozirda Tojikiston MMA terma jamoasi a'zosi ekani ma'lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid