Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vaziriga xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarish vazifasini yukladi

5 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshliqlari va boshqa bir qator mutasaddilar bilan uchrashdi. Unda to‘liq malakali xizmat ko‘rsatilmagani sababli 40 mingdan ziyod o‘zbekistonlik fuqarolar tibbiy yordam uchun xorijga chiqishga majbur bo‘layotgani ta'kidlandi.
"Ixtisoslashgan markazlar aholiga to‘liq malakali xizmat ko‘rsatmagani tufayli yiliga 40 mingdan ziyod fuqarolarimiz tibbiy yordam uchun chet davlatlarga chiqishga majbur bo‘lmoqda. O‘zingiz o‘ylang - 40 ming odamni qancha puli ketyapti? Nima uchun Rossiyadagi katta klinikalar mutaxassislari bu yerga olib kelinib, operatsiyalar shu yerda bajarilmaydi yoki Hindiston bilan hamkorlikda qo‘shma markaz ochilmaydi? Shuning uchun Adham Ilhomovich (Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari), birinchidan, 3 oy ichida 50 nafar xorijdagi O‘zbekiston shifokorlarini olib kelasiz va ikkinchidan, har bir davlat - Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz. O‘zbekistondan tashqaridagi shifokorlar qaytganda kerakli hamma sharoitlarni yaratib beramiz. Har bir markazdan 10 kishi, boringki 20 kishidan xorijga o‘qishga yuborasiz, u yerdagi yo‘nalishlar bilan tanishishsin. Biz yangi texnologiyalarni olib keldik, lekin ularda kim ishlaydi?", - dedi davlatimiz rahbari.
Bu borada yana bir muhim masala: oxirgi 5 yilda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish - 25 foizga, asab kasalliklari - 14 foizga, onkologik kasalliklar - 2,5-3 foizga oshganligi qayd etildi. Yuqori texnologik operatsiyalarning faqatgina 23 foizi viloyat miqyosida ko‘rsatilgani, qolgani esa Respublika markazida bajarilayotgani ta'kidlandi. Biroq bu sohadagi muammolarning oldini olish bo‘yicha deyarli hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgani afsus bilan qayd etildi.
"Buning uchun zamonaviy talablarga javob beradigan onkologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya sohalarida ixtisoslashgan markazlarning hududlarda bosqichma-bosqich kardioxirurgiya xizmatini rivojlantirish, tuman va shaharlarda lor va oftolmologiya, kardiologiya, nevrologiya, endikrinologiya kabi ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish vaqti keldi", - dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09
-
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Jahon | 23:07
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37
-
Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:36
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024