Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylangandan keyin rossiyalik milliarderlarning boyligi qanday o‘zgardi
Foto: AP
Donald Tramp AQSh prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘lgach, rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 29 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘sish rublning mustahkamlanishi va Rossiya qimmatli qog‘ozlari narxi o‘sishi bilan bog‘langan.
Rossiyaning hozirda eng boy odami, NOVATEK kompaniyasi boshqaruv raisi Leonid Mixelson aktivlari 2016 yil 8 noyabrdan 1,9 mlrd dollarga o‘sgan. Shu tariqa, uning boyligi hozirda 18,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Mixelson 2016 yil yakunlariga ko‘ra rossiyalik milliarderlar reytingiga boshchilik qilmoqda.
Shuningdek, Tramp g‘alabasidan keyin amerikalik milliarderlarning boyligi o‘rtacha 2,8 foizga, rossiyalik milliarderlarniki esa 7,1 foizga oshgan.
Bloomberg axborot agentligi dekabr oxirida dunyoning eng badavlat odamlari 2016 yilda yana 237 mlrd dollarga boyishganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:04 / 25.02.2022
Ukrainaga bosqinning birinchi kunida rossiyalik eng boy tadbirkorlar 39 milliard dollar yo‘qotishdi – Bloomberg
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020