Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston tashqi savdo idorasiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 5 yanvar kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.V.Altay boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuv chog‘ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlik, Turkiya kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning joriy holati shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish borasidagi boshqa masalalar yuzasidan fikrlar almashindi.
Shuningdek, shu yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024