O‘zbekiston | 14:55 / 10.01.2017
12292
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining 13,6 foizi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini qoniqarsiz deb topdi

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri - 2016” so‘rovnomasini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

So‘rovnoma O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘tkazilib, unda barcha ijtimoiy guruhlar, turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etdi.

Uning asosiy maqsadi – aholi tomonidan mamlakatning 2016 yildagi iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga berilgan bahoni aniqlashdan iborat.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining ko‘pchilik qismi (97,5 foizi) mamlakatdagi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ijobiy baholadi. 

So‘rov davomida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish bo‘yicha ishi bir qadar samarasiz ekani aniqlandi. Xususan, ishtirokchilarning 38,7 foizi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishidan qoniqqan bo‘lsa, 42,8 foiz kishi qisman qoniqqan, 13,6 foiz ishtirokchilar esa qoniqmagan.

Bu bilan bir qatorda, so‘rovnomada mamlakatda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijalari ham aniqlandi. So‘rovda ishtirok etganlarning uchdan ikki qismi 2016 yilda ijtimoiy holatlari yaxshilanganini aytishgan.

So‘rov unda ishtirok etgan insonning ta'lim darajasi va moddiy maqomi qanchalik yuqori bo‘lsa, ular o‘z hayotidan norozilikka moddiy muammolar sabab bo‘lganini shunchalik kam aytishganini ko‘rsatdi.

So‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 93,8 foizi o‘z huquqlari va erkinlarini buzilishdan huquqiy himoyaga ega ekanini aytgan. Fuqarolarning 71,8 foizi esa huquqlarni buzilsa, ularni tiklashga ishonishlarini ma'lum qildi.

So‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilish haqidagi tashabbusi aholi tomonidan ushbu yil mamlakatimiz tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishda, ilm-fan va ta'lim rivojida yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish yili bo‘lishi borasida kafolat deb qabul qilinganini ko‘rsatdi.

Mavzuga oid