O‘zbekistonda qariyb olti yuzta mehmonxona faoliyat yuritishi aytildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatda turizm sohasini jadal rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Anjumanda Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mohiyati, ushbu hujjatdan kelib chiqadigan dolzarb masalalar haqida so‘z bordi.
– Turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishda mehmonxona biznesi muhim o‘rin tutadi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Temur Mirzayev. – Bugun O‘zbekistonda qariyb olti yuzta mehmonxona bor. Poytaxt va viloyatlarda “Radisson”, “Lotte”, “Wyndham”, “Ramada” kabi dunyoga mashhur otellar bilan birga, kichik guruhlarda va oilaviy sayohat qiluvchilar uchun ko‘plab xususiy mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tadbirda O‘zbekistonda turizm imkoniyatlari, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va boshqa mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Mavzuga oid
10:55
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
16:46 / 07.01.2025
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 2 pog‘ona ko‘tarildi
11:15 / 28.12.2024
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda
16:43 / 27.12.2024