Jamiyat | 13:35 / 10.01.2017
29095
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ayol farzandi bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldi (video)

Moskva shahrida yashovchi o‘zbekistonlik ayolning farzandi politsiya tomonidan tortib olinib, shifoxonaga joylashtirilgani haqidagi xabar jamoatchilikda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Nihoyat, 16 kun deganda ona o‘z farzandi bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqida Nilufar Mamasaidovaning huquq himoyachisi Bahrom Ismoilovning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi. 

Bundan avval "Kuntsevo" IIB xodimlari o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovadan 1 yoshli qizini tortib olishgani haqida xabar berilgan edi. Qizcha Moskvadagi 1-sonli shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limida bo‘lgan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari qizchani qarovsiz qolgan bola sifatida qayd etishgan va shunga doir hujjat tuzishgan hamda shu hujjat asosida bolani shifokorlar qo‘liga topshirishgan.  

Nilufarning 1 yoshli qizchasi bilan ko‘rishgan videoda bolaning shok holatida ekanini anglash qiyin emas. Bahrom Ismoilov ijtimoiy tarmoq orqali voqealarning kechishiga doir ma'lumotlar berib turdi. Uning so‘nggi posti jamoatchilikka murojaat shaklida qoldirilgan:

"Hurmatli, do‘stlar! Biz Nilufar va Manijani zudlik bilan uyiga jo‘natishimiz kerak. Uning puli yo‘q. Bor pulini 2016 yilning 25 dekabrida o‘g‘irlab ketishgan. Ko‘pchiligingiz menga Nilufarga moddiy yordam berish taklifi bilan murojaat qildingiz. 

Hozir biz u bilan qiziga O‘zbekistonga yetib olish uchun chipta xarid qilish zarur"
Pullarni onlayn to‘lov asosida yo‘llash mumkin: Sberbank 4279 3800 1337 8932 
To‘lov amalga oshirilayotganda qizning ismi qayd qilinishini so‘raymiz - "Manija".
Xorijdan pul yo‘llash istagini bildirganlar uchun -  Paypal email: mail_to_leonid@yahoo.com

Mavzuga oid