Xabaringiz bor 7 yanvar kuni Kun.uz saytida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidan suv muammosi böyiça murojaat qilgan fuqaro şikoyati böyiça maqola berilgan edi. 

Tahririyatimizga telefon orqali aloqaga çiqqan fuqaro tumandagi Yorqişloq qişloği Marvarid köçasida aholini içimlik suvi bilan ta'minlovçi quduq bir oydan beri işlamayotganligi oqibatida mazkur köçada istiqomat qiluvçi oilalar suvni 1 kilometr uzoqlikdan taşib kelib içayotganini bildirgan.

Kun.uz mobil muxbiri Jalaquduq tumanida bölib, Marvarid köçasida içimlik suvi muammosini bartaraf etiş borasida olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. 

Maqola e'lon qilinganidan söng Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyat “Suvoqava” taşkiloti va tuman hokimligi mutasaddilariga mavjud muammoni zudlik bilan hal etiş böyiça tegişli topşiriqlarni bergan bölib, ayni payt hududda bir qator ijobiy işlar amalga oşirilgan.

Marvarid köçasiga borganimizda “Suvoqava” taşkiloti işçilari va mahalla ahlining suv nasosini sozlaş işlari bilan şuğullanayotgani ustidan çiqdik.

Viloyat “Suvoqava” DUK boş muhandisi Rasuljon Tölanov va tuman hokimining birinçi örinbosari Muqimjon Niyazovlar şu yerda töplangan Yorqişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi aholi vakillari bilan suhbatlaşdilar. Marvarid köçasidagi 123 xonadonda 593 nafar kişi istiqomat qiladi. Mahalla faollari 9 yanvar kuni suv quduğiga viloyat va tuman “Suvoqava” taşkilotlarining sa'y-harakatlari bilan suv tortiş nasosi örnatilgani, natijada içimlik suvi bilan boğliq kamçiliklar töla bartaraf etilganini bildirdilar. Hozirda köça boşidagi suv quvuriga içimlik suvi tortildi. Endi aholi uçun olisga borib suv taşib keliş muammosi yöq. 

Viloyat “Suvoqava” DUK mutasaddisi Rasuljon Tölanov faollar bilan suhbatda köçadagi 1,2 km masofaga içimlik suvi tarmoğini tortiş loyihasi böyiça işlar boşlangani haqida ma'lumot berdi. Rejaga köra kelgusi ikki oy davomida suv quduğida loyihalaş işlari olib borilib, köçaga suv tarmoği tortiladi va aholiga qöşimça qulayliklar yaratiladi.