16:27 / 11.01.2017
7815

12 yanvar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top