14:58 / 11.01.2017
3967

Kobulda ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 kishidan oshdi

Foto: Tolo News

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 51 kishiga yetdi. Hodisa parlament majmuasi yaqinida ro‘y bergan, deb xabar berdi Tolo News telekanali.

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 150 nafar inson jarohat olgan. 

Avvalroq 28 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Dorulomon tumanidagi portlashlardan biri xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Parlament oldida esa minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. Xabarlarga qaraganda, jarohat olganlar orasida Hirot viloyatidan bo‘lgan ayol-deputat ham bor.

Portlashlar uchun javobgarlikni “Tolibon” radikal harakati o‘z zimmasiga oldi.

Top