Kun.uz saytida 2017 yilning 3 yanvar kuni taniqli bloger va jurnalist Sanjar Said tomonidan yozilgan maqola e'lon qilingan edi.
Unda jurnalist özi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyati maktablarida norasmiy ravişda "metallolom soliği" joriy etilgani haqida söz yuritadi.
Maqolada aytilişiça, Arnasoy tumanida bolalarga 30 kilodan metallolom olib kelişni aytişgan. Temir-tersaklar allaqaçon tugagani sababli örniga 18 ming sömlik pul yiğişlar boşlangan.
Jurnalist: “Ta'lim sifati haminqadar bölib, farzandlarni zamonaviy vositalardan çalğitib, öqiş, ta'lim olişga jalb qiliş kundan kunga qiyinlaşib borayotgan bir paytda metallolom, makulatura, obuna va yana boşqa “soliq”, majburiy-ixtiyoriy tölovlar bilan bolalarni maktabdan bezdiriş kimning xayoliga kelgan iş?”, deb yozadi.
Kun.uz tahririyati Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga uşbu masala borasida rasmiy izoh sörab murojaat qilgandi. Vazirlikdan esa tegişli javob xati tezkorlik bilan yetib keldi.
Maktubda “ayrim axborot manbalarida Özbekiston yoşlarini bilim olişi va mehnat qilişiga doir jarayonlar böyiça ayrim asoslanmagan ma'lumotlarni paydo böliş holatlari kuzatilmoqda”, deyiladi.
“Şu kabi axborotlardan biri, ya'ni «Nahotki Özbekiston byudjyeti bolalarning temir-tersagiga qarab qolgan bölsa?!» deb nomlangan maqola 2017 yil 3 yanvar kuni «KUN.UZ» internet saytida çop etilganligi kuzatildi”, deyiladi xatda.
Uşbu maqolada keltirilgan holatlarni haqqoniyligi yuzasidan Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2017 yil 5 yanvar kuni Xalq ta'limi, Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirliklari hamda Jizzax viloyati hokimligiga yöllangan tezkor talablari böyiça Xalq ta'limi vazirligidan 2017 yil 9 yanvarda 03-02/1-5-226-sonli xat orqali olingan ma'lumotga köra, Jizzax viloyati va Arnasoy tumani xalq ta'limi muassasalari, şuningdek, umumiy örta ta'lim maktablari rahbarlari tomonidan öquvçilarga metallolom, makalatura töplaş va şunga öxşaş masalalarda topşiriq (körsatma) berilmaganligi ma'lum böldi.
Şuningdek, Özbekiston Xalq ta'limi vazirligining Özbekiston Mehnat vazirligiga yöllagan xatida “Xalqaro mehnat taşkilotining tegişli konvensiyalariga muvofiq vazirlik tomonidan maktab öquvçilarini majburiy va oğir mehnat turlariga jalb etmaslik böyiça qat'iy topşiriq berilgan bölib, öquvçilarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida fan va sport tögaraklari, maktabdan taşqari muassasalari doimiy faoliyati taşkil etilgan”, deyiladi.
















