15:20 / 12.01.2017
15854

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining virtual qabulxonasi ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazovning virtual qabulxonasi ochildi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolar o‘z murojaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining yangidan tashkil etilgan virtual qabulxonasiga www.jk.rk.uz sayti yoki (0 361) 224-70-00 telefoniga qo‘ng‘iroq qilish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishlari mumkin.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, bu aholining davlat boshqaruvi organlariga, binobarin ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qiladi.

Top