O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mamlakatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va SSP raisi Alisher Shayxov ishtirok etgan. Bu haqda Gazeta.uz sayti yozmoqda.

2017 yil 6 yanvarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro maydonda raqobat-bardoshligini oshirish, tadbirkorlarning qonunlarni ishlab chiqishdagi ishtirokini yaxshilash, to‘qimachilik sohasidagi muammolar, qishloq xo‘jaligi sohasi, soliq va bank tizimi, kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligi va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Yig‘ilishda, o‘zbek-xitoy savdo uyi (O‘XSU) rahbari, Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi raisi (AMBiT - XBiTA) Hikmat Abdurahmonov O‘zbekistondagi professional uyushmalar tadbirkorlarning muammolarini hal etishda nima uchun yordam bermayotganiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

«Fikrimcha, kasaba uyushmalari bilan bog‘liq muammo ularning sonida emas, balki ularni jiddiy qabul qilmaslikdadir. Assotsiatsiyalarning bosh maqsadi — soha vakillarining manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Afsuski, mamlakatimizda, ushbu tashkilotlar va davlat o‘rtasida muloqot o‘tkazilmadi. Shu boisdan, tadbirkorlar uyushmalarning u yoki bu muammoni hukumatga yetkaza olishiga ishonishmaydi. Qo‘shni mamlakatlarda kasaba birlashmalari kuchga to‘lmoqda, hukumat vakillari esa, ular bilan muammolarni hal etish maqsadida doimiy ravishda muloqot o‘tkazadi», - degan Abdurahmonov.

Uning aytishicha, tadbirkorlar o‘z muammolarini ma'lum qilish va davlat organlari tomonidan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilayotganini aytishdan qo‘rqishmaydi. Biroq, «tizimdagi loqaydlik tadbirkorlarning tilini kalta qilmoqda».

Bundan tashqari, Abdurahmonovning fikricha, soliq tizimi va bojxona siyosati kompaniyalarning oshkora faoliyat yuritishiga turtki bermaydi. Chunki, ular nazorat qiluvchi organlarning diqqatini tortmaslikni ma'qul ko‘rishadi.

«Tadbirkorlarda shunday mantiq shakllanib qolganki, go‘yoki, ular soliqlarni chetlab o‘tsa, raqobatbardoshligini saqlab qolishadi. Bu mantiqni soliq tizimi bilan birga keskin o‘zgartirish kerak