20:53 / 12.01.2017
5152

Unilever rahbari jahon iqtisodiyoti modelini o‘zgartirishni taklif qildi

Foto: UPPA / Zumapress / Globallookpress.com

Hozirgi jahon moliyaviy tizimi haqiqiy vaziyatga mos kelmaydi, shu sababli yangi iqtisodiy modelni yaratish kerak. Bu haqda Unilever ingliz-golland kompaniyasi bosh direktori Pol Polman aytdi. Uning aytishicha, bosh muammolardan biri – umumiy qadriyatlarning yo‘qligidir.

Polmanning aytishicha, ko‘p davlatlar iqlim o‘zgarishi, texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi, an'anaviy ish o‘rinlarining qisqarishi, migratsiya muammolari va geosiyosiy taranglik kabi zamonaviy chaqiriqlarga mutlaq tayyor emaslar.   

Uning aytishicha, jahon moliyaviy tizimining hajmi 300 trln dollarni, ya'ni real iqtisodiyotdan 3 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Bu muammo ham yirik, ham mayda davlatlarga taalluqlidir. 

Polmanning ta'kidlashicha, davlatlarning bir o‘zi bugungi muammolarni hal qila olmaydi, shuning uchun davlatlar o‘rtasida yaqinroq hamkorlik va koordinatsiya zarur.

Unilever oziq-ovqat va maishiy kimyo mahsulotlari jahon bozori yetakchilaridan hisoblanadi. 2015 yilda kompaniyaning tushumi 53,3 mlrd yevroni, sof daromadi esa 4,9 mlrd  yevroni tashkil qilgan.  

Mavzuga oid
Top