Bolaligida ajratilgan xitoylik egizak qizlar butun Amerikani yig‘latdi
Amerikada ertalabki efirlarda uzatiluvchi dasturda taqdim etilgan video barchani yig‘latdi. Bolaligida ajratilgan va turli oilalarda voyaga yetgan ikki xitoylik egizak qiz ilk marta Amerika telekanali efirida uchrashdi.
Odri Doring va Greysi Reynsberri uzoq yillik ayriliqdan so‘ng birinchi marta “Xayrli tong, Amerika” ko‘rsatuvida quchoq ochib ko‘rishishdi. Shu lahzada nafaqat qizlar, balki tomoshabinlar ham ko‘z yoshlarini tiyib tura olishmadi.
Qizlar bir-biridan yuzlab kilometr masofada har xil oilalarda yashashgan. Dekabr oyiga qadar ular hatto bir-birlari haqida bilishmagan ham, biroq Odrining onasi tasodifan egizaklarning go‘daklik paytida onasi bilan tushgan suratini topib oldi.
Greysi Richlendda (Vashington shtati) yashaydi, Odri esa undan deyarli 1,5 ming kilometr masofada – Uosoda (Viskonsin shtati). Ularni vaqt va masofa ajratganiga qaramay, uchrashuv vaqtida qizlar bir xil kiyinishgan edi.
Opa-singillarning uchrashuvi Odrining onasi tufayli amalga oshdi. U qizining surati nusxasini televideniyega yo‘lladi. Shu vaqtgacha uch aka bilan yashagan qizga opasi borligini aytishganida u quloqlariga ishonmadi.
Greysi ham katta oila bag‘rida yashaydi – uning ikki akasi va bir opasi bor. Uchrashuv davomida qizlar shunga ishonch hosil qilishdiki, ular bir xil narsalarni yoqtirishar va bir xil mashg‘ulotlarga qiziqishar ekan. Manbaga ko‘ra, ikkisi ham shu paytgacha o‘zini xuddi biror narsani yo‘qotib qo‘ygandek his qilgan, endi esa bu tuyg‘u ularni tark etgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
16:29 / 11.08.2024