18:19 / 13.01.2017
3804

Video: Detroytda avtobus terminali yonib ketdi

AQShning Detroyt (Michigan shtati) shahridagi avtobus terminalida kuchli yong‘in kelib chiqdi. Voqea joyidan olingan video Ruptly tomonidan taqdim etildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in portlash oqibatida kelib chiqqan: olov terminal va yaqin atrofdagi hududlarga jiddiy zarar yetkazdi. Avtobus terminalining tomi esa qulab tushgan. 

Cleveland 19 News telekanalining xabar qilishicha, bir necha avtobus ham yongan. 

Hodisa joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari va ekspertlar yetib keldi. Ular yong‘in sabablarini o‘rganib chiqmoqda.

 

 

Mavzuga oid
Top