Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandi qaytarilgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududini tark etishga majbur
Moskva shahridagi Kuntsevo sudi 13 yanvar, juma kuni O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovani 1 yoshli qizi bilan Rossiyadan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida sud matbuot kotibi Darya Galkina RIA "Novosti"ga xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nilufar Mamasaidova Rossiya hududiga kirish qoidalarini buzganlikda aybdor, deb topilgan.
"Sud Mamasaidovaga 5 ming rubl jarima belgilab, o‘z xohishi bilan Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi to‘g‘risida qaror qabul qildi", - dedi matbuot kotibi.
Bundan avval Moskva IIVning Kuntsevo tuman bo‘limi xodimlari o‘tgan yilning dekabri oxirida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovaning 1 yoshli qizini tortib olishgani haqida xabar berilgan edi. Bunga ayol va uning farzandining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning yo‘qligi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:31 / 24.12.2025
Polsha hududida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi
17:16 / 23.12.2025
Rossiyadan bir yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
11:25 / 16.12.2025
Qozog‘iston urush sabab qochgan rossiyalik o‘smirni deportatsiya qilmoqda
19:48 / 11.12.2025