18:31 / 13.01.2017
14676

“Qamoqdan qochish” seriali davomining treyleri chiqdi

Fox telekanali “Qamoqdan qochish” dramatik seriali davomining treylerini taqdim etdi. Serialning birinchi to‘rt mavsumi 2005-2009 yillarda chiqarilgan bo‘lib, unda qamoqxonaga tushgan aka-uka Maykl Skofild va Linkoln Barrouz haqida hikoya qilgan.

“Qamoqdan qochish”ning to‘rtinchi mavsumi yakunida Maykl halok bo‘ladi. Yangi mavsumda esa Linkoln va Sara Maykl tirik ekani hamda Yamandagi qamoqxonalardan birida ekanidan xabar topishadi. Ular Mayklga qamoqxonadan qochishga yordam berish uchun do‘stlarni yig‘ishadi.

Serialda Ventvort Miller, Dominik Persell va Sara Ueyn Kellis bosh rollarni ijro etdi. Ular birinchi to‘rt mavsumda ham ishtirok etishgan.

“Qamoqdan qochish” seriali davomining birinchi qismi 2017 yilning 4 aprel kuni taqdim etiladi.

Mavzuga oid
Top