Tramp so‘zlari sabab farmatsevtika kompaniyalari 40 mlrd dollar yo‘qotishdi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp o‘zining birinchi matbuot-anjumanida AQSh va Yevropa farmatsevtika kompaniyalarini "jazo olmagan holda odamlarni o‘ldirishda" aybladi.
Uning aytishicha, AQShda dori vositalari narxlari tannarxidan haddan tashqari oshirib yuborilgan va buni tartibga solish kerak.
"Biz dunyoda dori-darmon sotib oluvchi eng yirik davlatmiz va ular uchun mantiqqa to‘g‘ri keluvchi narxlarga erisha olmaymiz", deb aytdi Tramp.
Trampning bu so‘zlaridan keyin AQSh va Yevropadagi yetakchi farmkompaniyalar aksiyalari narxi pastlab ketdi.
AQShning yetakchi farmkompaniyalarining kapitallashuvi ikki kun ichida 25 mlrd dollarga, Yevropa farmkompaniyalariniki esa 14 mlrd dollarga qisqarib ketgan.
2016 yil dekabrida Buyuk Britaniya antimonopol boshqarmasi AQShning Pfizer farmatsevtik kompaniyasini tutqanoqqa qarshi dorining narxini 2600 foizga oshirib yuborgani uchun rekord darajadagi 106,5 mln dollarga jarimaga tortgandi.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024