UYeFA eng qarzdor klublar ro‘yxatini e'lon qildi
UYeFA Yevropa klublarining sof qarzdorligi bo‘yicha ro‘yxatini e'lon qildi. Eng yomon ko‘rsatkich «Manchester Yunayted» klubi tomonidan qayd etilgan.
Independent nashri ma'lumotiga ko‘ra, moliyaviy feyr-pley joriy qilinganidan so‘ng, oxirgi 5 yillikda klublarning qarzi keskin qisqargan.
UYeFA moliyaviy «feyr-pley» tizimini joriy qilgach, klublar ko‘rayotgan zarar qisqardi
2016 yil yakunlariga ko‘ra, klub 513 mln funt daromad olgan bo‘lsada, uning sof qarzi 25 foizga ko‘payib, 536 mln yevroni tashkil qilgan.
Sof qarzdorlik bo‘yicha yetakchi klublar o‘ntaligi:
1. «Manchester Yunayted» (536 mln yevro)
2. «Benfika» (336 mln yevro)
3. «Inter» (306 mln yevro)
4. «Valensiya» (285 mln yevro)
5. KPR (279 mln yevro)
6. «Milan» (249 mln yevro)
7. TsSKA (224 mln yevro)
8. «Galatasaroy» (222 mln yevro)
9. «Yuventus» (209 mln yevro)
10. «Roma» (208 mln yevro)
Mavzuga oid
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
10:17 / 05.12.2024
Mbappe yana uyaltirdi, «Liverpul» qoqildi. Kun o‘yinlari
11:53 / 25.11.2024
«Real» «Barsa»ga yetib olmoqda, Saloh «Liverpul»ni qutqardi. Kun o‘yinlari
15:52 / 21.11.2024