Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti Poroshenko davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin
Ukraina bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Renat Kuzmin Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsakka murojaat qilib, mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ashni so‘ragan. U o‘z murojaatini Facebook sahifasida e'lon qilgan.
Kuzminning yozishicha, Ukraina hukumati «Rossiya bilan urush haqida» so‘z yuritgan, YeI, AQSh va boshqa mamlakatlar Rossiyaga qarshi jazo choralari qo‘llagan bir vaqtda, Poroshenko «o‘zining atrofidagilar» va Ukrainaning Roshen korporatsiyasi top menejyerlari bilan til biriktirgan holda «Ukrainaga ziyon keltiruvchi harakatlarni qasddan tizimli ravishda amalga oshirib kelmoqda».
Kuzminning so‘zlariga ko‘ra, «aynan ular» Poroshenkoga tegishli Roshen fabrikasining Lipetskda sho‘'basini ochgan va shu bilan Rossiya byudjyetiga 600 mln rubl mablag‘ o‘tkazgan. Uning aytishicha, Roshen mahsulotlari Donbass va Qrimda erkin sotilmoqda va mahalliy byudjyetlarni to‘ldirmoqda.
«Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda, Ukraina xalqining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Vasiliy Sergeyevich, Sizdan: 1. Pyotr Poroshenko, uning yaqin atrofi va Roshen top menejyerlariga nisbatan «davlatga xoinlik» bo‘yicha jinoiy ishni ro‘yxatga olishingizni so‘rayman», — deb yozgan Kuzmin.
U, shuningdek, Rossiya «federal byudjyeti va armiyasi»ni noqonuniy moliyalashtirish amaliyotlarga chek qo‘yishga hamda «Ukrainaga qarshi jinoyatlar bo‘yicha barcha aybdorlar, sotqinlar»ni jazoga tortishga chaqirgan.
«Ushbu talablarni ro‘yxatga olmaslik yo‘li bilan bajarishdan bosh tortish og‘ir jinoyatni qasddan bekitish deb baholanadi, buning uchun aynan Siz, general Gritsak, jinoiy javobgarlikka tortilasiz», — deb qayd etgan Kuzmin.
Mavzuga oid
13:31 / 05.03.2026
Ukrainaga 90 mlrd yevro: Germaniya Vengriyaga bosimni kuchaytirmoqda
13:55 / 04.03.2026
Tramp: Ukraina bo‘yicha muzokaralar ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatida “juda yuqori” o‘rinda
13:21 / 04.03.2026
OAV: Ukraina frontda nemis “mini-Taurus”larini ommaviy qo‘llayapti
12:31 / 04.03.2026