Fan-texnika | 17:51 / 13.01.2017
9488
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Dunyodagi eng zich tugun

Manchester universiteti (Buyuk Britaniya) kimyogarlari dunyodagi eng zich tugunni yaratishdi. Olimlarning tadqiqoti natijasi Science jurnalida taqdim etildi.

Tugun uzunligi 20 nanometr bo‘lgan hamda 192 atomdan tashkil topgan tarkibida azot bo‘lgan organik xlor molekulalaridan tarkib topdi. Tuzilmadagi har bir kesishma bir-biridan 24 zarralik masofada joylashgan.

Kimyogarlarning so‘zlariga ko‘ra, ular eng murakkab – keltcha tugunni amalga oshirishgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu tuzilma iplarning metall ionlariga o‘ralishi orqali yaratilgan. Bunday tuzilmalar o‘ta zich materiallarni yaratishda foyda keltirishi mumkin.


 

Mavzuga oid