AQShda 100 yil avval olingan kitob kutubxonaga qaytarildi
Amerikalik San-Frantsisko shahridagi kutubxonaga 100 yil avval olingan kitobni qaytarib berdi. Bu haqda San Francisco Chronicle gazetasi xabar qilmoqda.
Frensis Xopkins Smitning "40 daqiqaga kechroq" hikoyalar to‘plami Uebb Jonsonning katta buvisi tomonidan kutubxonadan 1917 yilda olingan.
Erkakning aniqlashicha, uning katta buvisi kitobni qaytarish muddati o‘z yakuniga yetishiga bir hafta qolganida hayotdan ko‘z yumgan. Amerikalik kitobni aslida 1996 yilda topib olgan bo‘lib, uni kutubxonaga qaytarib olib borib bermagan. U kitob bir necha yildan so‘ng, oilasiga o‘tib ketgan, deb o‘ylagan ekan.
Kutubxona kitobni qaytarish muddati o‘tib ketgani tufayli jarima belgilamadi - sababi hozirda kitoblarni qaytarish bo‘yicha maxsus aksiya o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024