Fan-texnika | 19:13 / 14.01.2017
9313
2 daqiqa o‘qiladi

Google Kuba bilan birga ishlab chiqqan ilk mahsulotini havola etdi

Amerikaning transmilliy kompaniyasi Google Kuba bilan hamkorlikda ishlab chiqqan birinchi qo‘shma mahsuloti – orolning Ispaniyadan mustaqilligi uchun kurashgan XIX asr milliy qahramoni Xose Marti haqidagi hujjatli filmni namoyish etdi. 15 daqiqalik lavhaning taqdimoti Havananing tarixiy markazida bo‘lib o‘tgan. 

Google va Kuba hukumati, orollik internet foydalanuvchilarga yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish, Gmail elektron pochta xizmati, YouTube videoxostingi va kompaniyaning boshqa xizmatlariga ulanish imkonini beruvchi shartnoma imzolanganidan bir oy o‘tgach, ushbu lavha taqdim etilgan. 

Shu bilan birga, Kuba qit'adagi internet qamrovi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2013 yilgacha mamlakat faqatgina sun'iy yo‘ldosh orqali butunjahon elektron tarmog‘iga ulanar edi. Unga AQShning iqtisodiy va texnologik sanksiyalari sababli suvosti kabellari tortilmagandi. 

Hozirda, bu mamlakatga Venesuela orqali kabel tortilgan. Bu esa, Karib dengizi mamlakatiga jamoat joylarida virtual kenglikka ulanish imkonini beruvchi yuzlab simsiz nuqtalarni ochish imkonini bergan. Eski Havanadagi xohlagan oilalarga esa soatiga bir yarim dollardan internet ulangan.

Mavzuga oid