10:02 / 14.01.2017
4708

Obama Venesuelaga qarshi sanksiyalar amal qilish muddatini uzaytirdi

foto : ria.ru

AQSh prezidenti Barak Obama 13 yanvarda Venesuelaga qarshi sanksiyalar amal qilish muddatini bir yilga uzaytirdi.

Obama kongress rahbarlariga yo‘llagan maktubida bu choralar Venesuela hukumati tomonidan inson huquqlari buzilishlari, matbuot erkinligini cheklash, hukumatga qarshi namoyishlarga javoban kuch qo‘llash holatlariga yo‘l qo‘yilishi sababli kiritilayotganini aytgan. 

Amaldagi sanksiyalar muddati 2017 yil 8 martda yakunlanadi. Mos ravishda, yangi sanksiyalar 2018 yilning 8 martigacha amal qiladi. Ularga ko‘ra, qora ro‘yxatga kirgan figurantlarning AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan aktivlari muzlatiladi, AQSh fuqarolarining ular bilan amaliy aloqalar qilishi taqiqlanadi.

Top