Jahon | 09:09 / 14.01.2017
40526
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday vaziyatda bekor qilinishini aytdi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp undan avvalgi prezident Barak Obamaning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini "hech bo‘lmasa, muayyan vaqtga saqlab qolishi"ni, biroq Moskva bilan muvaffaqiyatli hamkorlik vaziyatida ularning bekor qilinishi mumkinligini aytdi. U bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi

Tramp Obama tomonidan kiberhujumlar sababli Rossiyaga kiritilgan dekabrdagi sanksiyalar agar Moskva terrorchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bersa, bekor qilinishi mumkinligini aytdi. "Agar biz chiqisha olsak va Rossiya haqiqatda bizga yordam bersa, biror kim haqiqatda yaxshi ishlar qilayotgan bo‘lsa, unga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishning nima keragi bor?", deb aytgan Tramp.

Tramp inauguratsiyasidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. "Ular men bilan uchrashishni istayotganlarini tushunaman va bu meni qoniqtiradi", deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Avvalroq 13 yanvarda Obama Ukrainadagi vaziyat sababli amal qilish muddati mart oyida tugashi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan edi.  

29 dekabrda AQSh Rossiyaning bir qator fuqarolari va tashkilotlariga qarshi sanksiyalar kiritib, AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqartirib yuborgandi. Shu kunning o‘zida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruvlar byurosi Rossiyaning AQShdagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqidagi qo‘shma hujjatni chop etgandi. 

Mavzuga oid