Sport | 20:59 / 15.01.2017
10516
2 daqiqa o‘qiladi

«Everton» Gvardiolaning tarixiy antirekordiga sabab bo‘lgan g‘alabaga erishdi

Angliya premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan kunning dastlabki uchrashuvida «Manchester Siti» «Everton» mehmoni bo‘lib yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Romelu Lukaku, Kevin Miralyas, Tom Devis va Ademola Lukman tomonidan kiritilgan gollar liverpulliklarga muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi — 4:0.

Ushbu mag‘lubiyat manchesterliklar ustozi Pep Gvardiolaning butun murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. 8 yillik murabbiylik davrida chempionat o‘yinlarida Gvardiola hech qachon bu qadar yirik hisobda yutqazmagandi.

Bugungi g‘alaba «Everton»ni (33 ochko) Angliya chempionati jadvalida yettinchi o‘ringa muhim joylashishiga sabab bo‘ldi «Manchester Siti» esa (42 ochko) beshinchi o‘rinda qoldi.

APL, 21-tur

Everton – Manchester Siti 4:0 (1:0)

Gollar: Lukaku (34), Miralyas (47), Devis (79), Lukman (90+4).
Everton: Robles, Uilyams, Funes Mori, Beyns, Xolgeyt, Barkli (Lukman, 90), Devis, Miralyas (Shnayderlin, 65), Berri (Makkarti, 74), Koulmen, Lukaku.
Manchester Siti: Bravo, Stounz, Otamendi, Klishi, Sabaleta (Ixeanacho, 62), de Bryuyne, Ture, Sterling, Silva, Sanya, Aguero.
Ogohlantirishlar: Xolgeyt (55), Silva (75), Lukaku (90), Otamendi (90).

Mavzuga oid