Xitoyda dunyodagi eng kuchli lazer ixtiro qilindi
Xitoylik olimlar erkin elektronlarda ishlovchi dunyodagi eng kuchli lazerni ixtiro qilishdi. Bu lazer ultrabinafsha nurlanishni paydo qiladi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Lazer ishlanmasi Xitoy Fanlar akademiyasiga tegishlidir. Lazer qurilmasi har bir pikosoniyada impulslarni 140 trln fotonga aylantirishga qodir. Bu esa olinayotgan ultrabinafsha nurlanishni dunyodagi eng yorqiniga aylantiradi. Bundan tashqari, to‘lqin uzunligi boshqarilishi mumkin. Bu texnologiyani tatbiq qilish mumkin bo‘lgan sohalar ko‘pdir. U ayniqsa turli fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘rganishda asqatishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, lazer butlovchi qismlarining 90 foizi Xitoyda loyihalanib, shu yerda ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
18:03 / 14.10.2024