Liviya yaqinida 110 muhojir ketayotgan qayiq cho‘kib ketdi
14 yanvarda Liviya yaqinidagi suvlarda 110 muhojir ketayotgan qayiq to‘nkarilib ketgan. Ko‘p soatlik qidiruv operatsiyasidan keyin bor-yo‘g‘i 4 kishigina qutqarib qolingan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Flavio di Jakomoga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, voqea Liviya sohillaridan 50 km uzoqlikda yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qayiqda 110 kishi bo‘lgan.
Qutqaruvchilar shuningdek 8 kishining jasadini chiqarib olishgan. Jakomoning aytishicha, hozircha boshqa ma'lumotlar yo‘q.
Yevropa Ittifoqining Frontex chegara xizmati stastikasiga ko‘ra, 2016 yilda Italiyaga O‘rta yer dengizi orqali 180 mingdan ko‘proq muhojir kelgan. Italiyaga kelayotgan muhojirlarning aksariyati afrikalik bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi nigeriyalik hisoblanadi. Ular orasida, shuningdek, Eritreya, Gvineya, Kot-d"Ivuar va Gambiya fuqarolari ham bor.
Mavzuga oid
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
09:10 / 30.09.2024
Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
19:37 / 24.09.2024