Nigeriyaning Ogun shtatida terrorchilar 5 nafar maktab o‘quvchisi va maktabning ikki xodimini, jumladan Turkiyaning bir fuqarosini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Nigeriya politsiyasi vakilining aytishicha, jangarilar maktab binosiga bostirib kirib, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni o‘g‘irlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

Ta'kidlanishicha, jangarilar hozircha politsiya va maktab rahbariyati bilan aloqaga chiqmagan.

"Biz o‘g‘irlab ketilgan odamlarni tirik va beshikast ozod qilish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rmoqdamiz", deb aytilgan politsiyada.