22:40 / 15.01.2017
7099

Tramp avtomobilsozlik kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga qaytarishlari kerakligini aytdi

Foto:Getty Images

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQShda ish yuritmoqchi bo‘lgan avtomobilsozlik kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga qaytarishlari kerakligini aytdi.  

"Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va boshqa kompaniyalar agar mamlakatimizda ish yuritmoqchi bo‘lsa, o‘z mahsulotlarini yana bu yerda ishlab chiqarishlari kerak", deb yozdi Tramp tvitterda.

Tramp o‘z so‘zlarini "G‘ALABA!" so‘zi bilan yakunlagan.

Avvalroq General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Tramp tanqidi sababli ishlab chiqarish rejasini o‘zgartirmasligi ma'lum qilingandi. 

Top