Eron neft vaziri Bijan Zangane 2017 yil martida yakunlanadigan joriy yilda neft va gaz kondensati sotishdan 41 mlrd dollar olmoqchi, deb xabar bermoqda Mehr axborot agentligi.
"Joriy yilning dastlabki 9 oyida neft sotishdan 24,7 mlrd dollar olingan", deb aytdi Zangane.
Uning aytishicha, yil yakunlanguncha neft bir barreli uchun 55 dollardan sotiladi.