O‘tgan 2016 yil har bir sohada sarhisobli yil bo‘ldi. Bu yilda kimdir muvaffaqiyat sari odimladi, boshqa birov uchun esa yangi g‘oyalar imkoniyati tug‘ildi, kimlar uchundir esa o‘z g‘oyalarini amalga oshirish yili bo‘ldi. Shuni aytib o‘tish lozimki, saytimiz faoliyatida ham ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Ortga qarab, o‘tgan yil sarhisobiga nazar tashlaganimzda, qilayotgan mehnatlarimiz, amalga oshirayotgan g‘oyalarimiz bejizga emasligini, o‘zbek o‘quvchisining dunyoqarashi yanada kengayib, O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni kuzatishda faol bo‘layotgani va mana shu jarayonga ozgina bo‘lsada hissa qo‘shayotganimizdan mamnun bo‘ldik.
Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, Kun.uz sayti o‘z ishini 2012 yil 16 yanvaridan boshlagan. O‘tgan davr mobaynida jamiyat hayotida yangilik bo‘lgan internet jurnalistikasi sohasida dadil qadam tashlash dastlab bizni biroz cho‘chitdi, ammo odamlarimizning talab va istaklari va jamiyatning tezkor,xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z g‘oyalarimizni amalda tatbiq etishga kirishdek.

2012 yildan 2013 yilga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida saytimizga tashriflar soni 1 600 000 kishini tashkil etib, unda ko‘rilgan sahifalar soni 5 200 000 tani tashkil etgan edi.
Bu raqamlar 2015 dan 2016 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida ijobiy tomonga o‘zgardi: tashriflar soni 32 000 000 kishini tashkil etdi, 154 000 000 sahifa kuzatildi.
Bu holat 2016 yildan 2017 yilgacha quyidagicha tus oldi: Saytga 66 345 000 kishi tashrif buyurdi va unda 255 000 000 sahifa o‘qildi. Demak o‘rtacha hisobda 2016 yil davomida saytga bir kunlik tashriflar soni 181 000 dan ortiq kishi bo‘lsa, ular 698 000 dan ortiq sahifani ko‘rishgan.
Shu o‘rinda qo‘shimcha qilishni lozim topdik: saytga kiruvchilarning 70 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, 15 foizi MDH davlatlari, 10 foizi Osiyoning boshqa davlatlari, qolgan 5 foizi dunyoning boshqa davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Auditoriyamizning aksariyat qismi ya'ni 76 foizi erkaklar bulsa,














