19:13 / 16.01.2017
10515

Pokistonda Qatar shahzodasiga qurollangan dehqonlar hujum qilishdi

Pokiston mahalliy aholisining qurollangan bir guruhi Qatar amiri qarindoshlaridan birining hamrohiga hujum qilgan. Mehmonlar, arab shayxlari juda qadrlashadigan tuvaloq oviga chiqishganda shu voqea sodir bo‘lgan. 

Hodisa, Pokiston shimoli-g‘arbidagi Belujiston viloyati Musahel okrugida yuz bergan. Mahalliy hokimiyat vakillarining ma'lum qilishicha, buning oqibatida ovda qatnashayotganlardan hech kim jabrlanmagan. Ammo, uch nafar qo‘riqchilar yaralangan. Hujum qilganlar pichoqlar va miltiqlar bilan qurollangan bo‘lishgan. 

Reyter agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakillarining shahzoda bilan uchrashuviga ruxsat berilmagani sabab, ushbu zo‘ravonlik kelib chiqqan. Ular, Qatar amiri qarindoshidan mahalliy masjid qurilishi uchun ehson ajratishni so‘ramoqchi bo‘lgan. 

Shu o‘rinda, ta'kidlash lozim, u yondan bu yonga o‘zini tashlab, ta'qibchisini chalg‘ituvchi tuvaloq Xalqaro atrof-muhitni himoya qilish ittifoqi tomonidan yo‘qolib borayotgan noyob jonivorlar turkumiga kiritilgan. Ulardan sayyorada 50 mingdan 100 minggacha qolgani taxmin qilinadi. 

O‘tgan yili Pokiston Oliy sudi hukumat iltimosiga ko‘ra, tuvaloqlarni ovlashga ruxsat berdi. Mamlakat hukumatining fikricha, taqiq Fors ko‘rfazi monarxiyalari bilan munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ular lochinlar bilan ov o‘tkazish maqsadida Pokistonga an'anaviy ravishda tashrif buyurib turishgan. 

Top