20:08 / 16.01.2017
17817

O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari chegara masalalarini muhokama qilishmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov va Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razakov 16 yanvarda O‘shda uchrashuv o‘tkazmoqdalar.

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qilishmoqda. 

Uchrashuv davomida Razakov ikki tomonlama hamkorlik va davlatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash muhimligini ta'kidlab o‘tdi. 

Razakov, shuningdek, aniqlashtirib olinmagan hududlar bo‘yicha pozitsiyalarni tezlik bilan kelishib olish va davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni muvaffaqiyatli yakunlash zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning 2016 yil dekabrda O‘zbekistonga tashrifi vaqtida erishilgan kelishuvlar natijalariga ko‘ra o‘tkazilmoqda.

Muzokaralar 17 yanvarda davom ettiriladi.  

Mavzuga oid
Top