14:31 / 17.01.2017
10990

Gvardiola «Manchester Siti»ga yana 6 futbolchi olib kelmoqchi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, Gvardiola jamoada yana ikki nafar qanot futbolchisi, ikki nafar markaziy himoyachi, bir yarimhimoyachi va bir hujumchini ko‘rmoqchi. Bundan tashqari, shartnomasi nihoyasiga yetayotgan Villi Kabalero o‘rniga ham boshqa darvozabon izlamoqda.

Ayni paytda «shaharliklar» jamoasi «Sauthempton»ning 2 nafar futbolchisi – qanot himoyachisi Rayan Bertran va markaziy himoyachi Virgil van Deyk bilan qiziqmoqda.

Bundan tashqari, ispaniyalik murabbiyi Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang va «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches bilan ham shartnoma imzolashni istamoqda.

Obameyangga «Real»dan ham qiziqish mavjud. Nemislar jamoasi ushbu futbolchi uchun 70 million yevrodan kam mablag‘dan iborat taklifga ko‘nmaydi.

Aleksis Sanches o‘z vaqtida «Barselona»da Gvardiola bilan ishlagan. Uning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yil yozigacha va u shartnomani uzaytirishni istamayapti.

Top