Istanbuldagi terakt ijrochisi Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan
Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubda terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipov Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tgan. Bu haqda shahar gubernatori Vosip Shaxin ma'lum qildi.
Terrorchi ushlandi, so‘roq davomida o‘z aybini tan oldi, uning barmoq izlari fojia joyidan olingan barmoq izlari bilan mos keldi, deya aniqlik kiritdi u. Politsiya jinoyatchi bilan birga uchta ayol va iroqlik erkakni qo‘lga olgan.
Masharipov O‘zbekistonda 1983 yilda tug‘ilgan. U to‘rt tilda bemalol gaplasha oladi hamda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan. Katta ehtimol bilan yirik terrorchilik guruhlariga aloqador, deya ta'kidlab o‘tdi Shaxin.
Turkiya hukumatining taxminiga ko‘ra, terrorchi mamlakatga bir yil avval kelib, Istanbulda xonadonlardan birini ijaraga olgan, shundan so‘ng bir necha bor yashash manzilini o‘zgartirgan.
Gubernatorning aytishicha, politsiya Masharipovni ushlash uchun katta hajmdagi ishni bajardi. “Kuzatuv kameralaridagi 7200 soat yozuvlar o‘rganib chiqildi, amaliyotda politsiyaning ikki ming xodimi qatnashdi. U nafaqat Istanbulda, balki Turkiyaning boshqa shaharlari – Konya, Hatay, Izmirda ham olib borildi. 152 manzil bo‘yicha tintuvlar o‘tkazilib, 50ga yaqin shaxslar qo‘lga olindi”, - aniqlik kiritdi Shaxin.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ham jinoyatchi qo‘lga olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagandi. Uning ta'kidlashicha, tergov terrorchi ortida qanday kuchlar turganini aniqlashi lozim.
Xabarlarga ko‘ra, Masharipov qirg‘izistonlik gumashtasining uyida yashirinib kelgan. U bu yerga uch kun avval ko‘chib kelgan.
Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 shifoxonaga yotqizilgan edi. Terakt uchun mas'uliyatni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
13:27 / 25.12.2024
Magdeburgdagi fojia: hujum qilgan shaxs mashinasida vasiyatnoma topildi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
00:48 / 23.11.2024