Qirg‘iziston hukumati Boeing falokatida halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek yaqinida Boeing yuk samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 17 yanvar, seshanba kuni 38-insonning jasadi topildi. U samolyot ekipaji a'zosi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Bishkek yaqinida falokatga uchragan Boeing ekipajining to‘rtinchi a'zosi jasadi topilgani xabar qilingandi.Turkiyaning ACT Airlines xususiy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi. Layner Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.