11:45 / 17.01.2017
4628

Qozog‘iston Suriya bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyor

foto : ria.ru

Ostona shahri Suriya bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Qozog‘iston muzokaralarni o‘tkazishga butunlay tayyor... Bu uchrashuv 23 yanvar kuniga rejalashtirilmoqda", - dedi Abdrahmonov.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni muzokaralar jarayonini Ostonada davom ettirishga taklif qilish borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Kutilishicha, Ostonadagi uchrashuv 23 yanvar, Jyenevadagi esa – 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top