10:34 / 17.01.2017
6053

Meksika shtatlaridan birida 10 kishi o‘lik holda topildi

foto: AP

Meksikaning notinch Gerrero shtatida bir kun ichida 10 kishi o‘ldirilgan. Ulardan 6 nafari boshidan judo qilingan holda topilgan, deb ma'lum qildi shtatning xavfsizlik masalalari bo‘yicha mas'ul shaxslaridan biri Roberto Alvares.

Uning aytishicha, 6 nafar boshsiz jasad shtatning mu'muriy markazi Chilpansingo shahrida mashinada tashlab ketilgan holda topilgan.

Yana 4 nafar jasad Chilapa shahrida topilgan: ikki jasad yo‘lda tashlab ketilgan, yana ikki jasad uylardan birida topilgan.

Gerrero shtati Meksikaning jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan shtatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda jinoiy to‘dalar AQShga giyohvand moddalar tranzit qilishga nazoratni qo‘lga olish uchun jang olib boradilar.

Mavzuga oid
Top