Jahon | 18:17 / 17.01.2017
7103
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin: savdo urushida g‘oliblar bo‘lmaydi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilib, jahon savdosida milliy proteksionizm (biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosati)ga yo‘l qo‘ymaslik haqida gapirdi. Uning chiqishi translyatsiyasi forum rasmiy saytida taqdim etilgan.

Xitoy yetakchisining fikricha, barcha mamlakatlar erkin savdo prinsiplariga amal qilishlari kerak.

«Protektsionizm siyosatini olib borish – bu o‘zini qorong‘u xonaga qamab qo‘yishdek gap. Tashqarida yomg‘ir va shamol bo‘lishi mumkin. Biroq u yerda havo hamda nur ham bor. Savdo urushida hech kim g‘olibga aylanmaydi», - dedi Si Tszinpin.

Avvalroq Si Tszinpin jahon iqtisodiyoti globallashuvidan voz kechmaslik hamda unga moslashish lozimligiga e'tibor qaratgandi.

Mavzuga oid