Smartfon batareyalari uchun molekulyar o‘t o‘chirgichlar ixtiro qilindi
Samsung kompaniyasining Galaxy Note 7 fabletofonlari yonib ketishi bilan bog‘liq ko‘plab hodisalar ro‘y berishi va ularning bozordan qaytarib olinishi yangi ixtiroga turtki bo‘ldi. Smartfon ishlab chiqaruvchilar: kelgusida foydalanuvchilar va qurilmalarni qanday qilib bu kabi hodisalardan asrash mumkin?, degan masala ustida bosh qotira boshlashdi. Stendford universiteti olimlari esa, ayni savolga javob topishning uddasidan chiqishganini da'vo qilishmoqda. Ular, litiy-ionli akkumulyatorga, batareya yona boshlagan vaqtda o‘chira oladigan va portlashga yo‘l qo‘ymaydigan tizimni joylashni taklif etishdi.
Tadqiqotchilar, o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish maqsadida turli usullarni e'tiborga olishgan.
Li-Ion akkumulyatorlariga o‘tni o‘chirish ashyolarining qo‘shilishi elektrokimyoviy birikmalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytirar edi. Shu boisdan, bu variant boshidayoq rad etildi. Keyinroq, olimlarga ajoyib fikr kelgan: agar ayni o‘t o‘chirish ashyolarini yacheykalardagi moddalardan alohida o‘ralgan holda joylashtirilsa, akkumulyator xususiyati yomonlashuvining oldi olingan bo‘lar edi. Buning uchun ularni, shunchaki yuqori haroratda yorilib ketadigan polimer kapsulalarga joylash talab qilinadi.
Akkumulyator portlashga yaqin darajada qiziganda, kapsula qobig‘i yoriladi va undagi o‘t o‘chirish vositasi alanga o‘chog‘ini o‘chiradi. Olimlar o‘z tadqiqotlarida o‘t o‘chirish vositasi sifatida trifenilfosfatdan foydalanishgan. U PVDF-HFP polimeridan yasalgan idishchalarga solingan. Akkumulyatorning sun'iy ravishda yondirilishi bilan uni qizishdan to‘liq to‘xtatishga atigi bir soniya vaqt ketgan. Shu bilan birga, akkumulyator samaradorligi o‘z kuchini yo‘qotmagan.
Ammo, bu bilan muammo hal bo‘ldi, deyishga hali erta. Olimlar qarshisida yana bir jiddiy muammo turibdi: o‘t o‘chirish vositalarining uzoq vaqt davomida o‘z xususiyatini saqlab qola olmasligidir. Chunki, batareyalar 360 marta quvvatlangach, ayrim kapsulalarning polimer qobig‘i yorilib ketadi va akkumulyator ishlash samaradorligi tushib ketadi.
Mavzuga oid
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
10:50 / 04.12.2024
Olimlar spirtdan yonilg‘i oladigan mini-robotlarni ixtiro qildi
09:18 / 27.11.2024