Iqtisodiyot | 20:08 / 17.01.2017
43864
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bir yilda qancha go‘sht ishlab chiqarishini bilasizmi?

2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha, kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligining va mahsuldorligining o‘sishini ta'minlashga yo‘naltirilgan dasturiy choralarni amalga oshirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun ekin maydonlarni kengaytirish, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlar) hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga o‘sishini ta'minladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, dehqonchilikda va chorvachilikda, ovchilik va bu sohalarda xizmat ko‘rsatishda - 6,6 foizga, o‘rmon xo‘jaligida - 1,8 foizga va baliq xo‘jaligida - 21,6 foizga o‘sish ta'minlandi. 

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlar) hajmining o‘sishi asosan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ovchilik va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlarning sezilarli darajada oshganligi bilan bog‘liq. 

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining Respublika yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibidagi ulushi 17,6 foizni tashkil etdi. Respublikada kelgusida oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish va o‘stirilayotgan navlari turlarining ko‘lamini kengaytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish bo‘yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi tufayli 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida 8 263,8 ming tonna don ekinlari ishlab chiqarilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,2 ming tonnaga yoki 1,1 foizga ko‘p bo‘ldi. 

Respublikada kartoshka ishlab chiqarish 2958,3 ming tonna (109,7 foiz), sabzavotlar 11272,5 ming tonna (111,3), oziqbop poliz 2045,2 ming tonna (110,4), mevalar va rezavorlar 3042,7 ming tonna (110,8) va uzum 1735,3 ming tonna (109,9)ni tashkil etdi. 

Kelgusida chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste'mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi. 

2016 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida tirik vaznda 2171,8 ming tonna go‘sht ishlab chiqarildi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p), sut 9703,3 ming tonna (7,5 foizga), tuxum 6111,7 mln. dona (10,6 foizga). 2017 yilning 1 yanvar holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklarda, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12165,3 ming boshni (2016 yilning mos davriga nisbatan 104,5 foiz), qo‘y va echkilar – 19749,2 ming boshni (103,4) va parrandalar – 65758,9 ming boshni (107,7) tashkil etdi. 

2016 yilning yanvar-dekabr oylarida baliq xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlar) hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6  foizga o‘sish bilan 246,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda ovlangan baliqlar hajmi 75,9 ming tonnani tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,9 ming tonnaga yoki 26,5 foizga ko‘p. 

Mavzuga oid