Avstraliya hukumati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull mamlakat vazirlar mahkamasida qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunga yaqinda yuz bergan mojarolar tufayli sog‘liqni saqlash va sport vaziri Syuzan Lining iste'foga chiqishi sabab bo‘lgan, deb yozadi The Australian.
Qayd etilishicha, Avstraliya sog‘liqni saqlash va sport vaziri lavozimiga Greg Xant tayinlangan. Bungacha Xant mamlakat sanoat, innovatsiyalar va fan vaziri bo‘lib kelgan. Xantning o‘rni vazirlar mahkamasi kotibi bo‘lib ishlagan Artur Sinodinosga ishonib topshirilgan.
Ternbullning so‘zlariga ko‘ra, yangi tayinlovlar yirik o‘zgarish hisoblanmaydi, balki bir iste'fo bilan bog‘liq kadrlar almashinuvidir.
Nashrga ko‘ra, yangi vazirlar kelasi hafta boshida Kanberrada qasamyod qilishadi.
Mavzuga oid
11:55 / 26.12.2024
Avstraliyada maktab bitiruvchilariga atom suvosti kemasidan ish taklif qilinmoqda
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024