Jahon | 11:48 / 18.01.2017
7826
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy razvedka boshqarmasi o‘zining 13 million arxiv hujjatlarini taqdim etdi

Foto: © AFP

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 13 million arxiv hujjatlarini taqdim etdi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.
 
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, maxfiylik maqomidan chiqarilgan hujjatlar mahkamaning 1947-1990 yillardagi faoliyatiga tegishli. Ular MRBning “sovuq urush”, shuningdek, Vetnam va Koreyadagi harbiy mojarolardagi ishtirokiga oydinlik kiritadi, deb xabar berdi telekanal.

Avvalroq ushbu hujjatlarni faqatgina Merilend shtatidagi milliy arxivlar binosida joylashgan to‘rtta kompyuter orqali ko‘rish imkoni mavjud bo‘lgan. CNN’ning ta'kidlashicha, MRB arxivdan erkin foydalanish huquqini 2017 yilning oxirida taqdim etishni rejalashtirgandi, biroq hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari muddatidan avval yakunlandi.

MRB vakili Fritts Xornyakning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatdan ham butun arxiv taqdim etilgan. “Bu butunboshli tarix, unda ijobiy ham, salbiy ham ma'lumotlar yetarlicha”, - dedi u.

Xornyakning ma'lum qilishicha, hujjatlarning aksariyat qismi tahrirdan o‘tkazilgan. Bu ularda ko‘rsatilgan ma'lumot manbalarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.
 

Mavzuga oid